Tez va oson ozish usuli
Sakrash uchun arg‘amchi (skakalka) barchamizga bolalikdan tanish. U paytlarda arg‘amchi shunchaki o‘yin bo‘lsa, endi uning foydali tomonlarini ishlatishingiz mumkin. Arg‘amchi turli mashqlar uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Narxi qimmat emas,
ko‘p joyni ham egallamaydi, buning ustiga undan istalgan joyda va paytda – xoh uyda, xoh ko‘chada foydalanishingiz mumkin. U ozishga, mushaklarni va yurak qon-tomir tizimini mustahkamlashga yordam beradi… Sakrash uchun arg‘amchidan bokschilar, basketbolchilar, voleybolchilar foydalanadi, axir u ajoyib trenajyor-da. Kuniga bor-yo‘g‘i 20-30 daqiqa sakrash butun tanangizning to‘g‘irlanishiga, ortiqcha kilogrammlardan xalos bo‘lishga, salomatligingizni mustahkamlashga, harakatlar koordinatsiyasini to‘g‘irlashga ko‘maklashadi. Ushbu maqolada sakrash uchun arg‘amchi bilan mashqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Hozir arg‘amchida sakrashni “skiping” degan modali so‘z bilan atashadi, ingliz tilidan tarjimada bu so‘z “sakrash”ni bildiradi. Arg‘amchi chidamlilikni rivojlantiradi, vaznni kamaytiradi, nafas olish tizimini mustahkamlaydi, qomatni chiroyli qiladi, 2-3 daqiqa arg‘amchida mashq qilish davomida mashqlarning jadalligiga qarab 100 dan 350 kaloriyagacha yo‘qotasiz, bunday yondashuv 34 kilometrga yugurishning o‘rnini bosadi. Sakrash uchun arg‘amchi tanlaymiz:
Arg‘amchilarning turlari juda ko‘p bo‘lib, uni har bir kishi o‘zi uchun individual tanlashi lozim. Birinchidan, u sizga mos keladigan uzunlikda bo‘lishi kerak. Arg‘amchini qo‘lingizga oling, uning chilviri pastga osilib tursin. Pastga tushib turgan joyini oyog‘ingiz bilan bosing, arg‘amchi ko‘kragingizgacha yetishi kerak – bu eng optimal uzunlik. Ikkinchidan, agar arg‘amchida mashqlar bilan jiddiy shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, uning nimadan tayyorlanganiga e’tibor qarating. U yerga tegib ishqalanib ketmasligi uchun yo‘g‘on va zich bo‘lishi kerak. Shuningdek, tutqichlari qulay bo‘lishi lozim, aks holda qo‘llaringiz noqulaylikdan tezda charchab qoladi. Arg‘amchining chilviri odatda plastmassa, rezina va charmdan tayyorlanadi. Tabiiyki, charmdan tayyorlangan arg‘amchilar eng yaxshi hisoblanadi. Uchinchidan, siz aylanalar hisoblagichi bor arg‘amchini xarid qilishingiz mumkin. Bu bilan mashqlardagi o‘sishni kuzatib borish imkoniga ega bo‘lasiz. Yuklamani to‘g‘ri taqsimlash mashqlar samara berishi uchun muhim shart hisoblanadi. Mashqlarni xotirjam ritmda boshlab, asta-sekinlik bilan uni kuchaytirish kerak. Sakrashdan oldin biroz oyoq-qo‘llarning chigilini yozing. Shuningdek, nafas olishni tiklash, mushaklarga biroz dam berish uchun kichikroq tanaffuslar ham kerak bo‘ladi. Sakrayotganingizda oyoq, orqa tomon, qo‘llarning muskullari ishlaydi. Ertalab arg‘amchida 10-15 daqiqa sakrash kun bo‘yi sizga yaxshi kayfiyat va tetiklikni beradi hamda sog‘lig‘ingizni mustahkamlab, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga ko‘maklashadi. Mashqlar paytida moddalar almashinuvi tezlashadi, bu esa ozishga turtki bo‘ladi; qon aylanishi kuchayadi, bu esa yurak qon-tomir tizimini mustahkamlaydi; nafas olish tezlashadi, bu nafas olish tizimiga yordam beradi. Mashqlarning jadalligiga (sakrashlarning tezligiga) qarab o‘z qomatingizni ham to‘g‘irlashingiz mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimizday, arg‘amchida istalgan joyda – toza havoda, sportzalda yoki uyda shug‘ullanishingiz mumkin, buning uchun sizga faqat arg‘amchi, qulay poyabzal va istak kerak, xolos. Buning ustiga mashqlarni yaxshi musiqa ostida ham bajarishingiz mumkin. Mashqlardan oldin quyidagilarni qili kerak bo‘ladi:
* agar sizda umurtqa yoki bo‘g‘imlar bilan muammolar bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing, sizga arg‘amchida mashq qilish mumkin emas,
* arg‘amchingiz boshqa narsalarga – daraxt shoxlari, qandillar, stollar va boshqa buyumlarga tegmayotganiga ishonch hosil qiling,
* arg‘amchi aylanayotganida tirsaklar tanaga yopishib turishi kerak,
* arg‘amchini faqat barmoqlar bilan aylantiring.
* arg‘amchingiz boshqa narsalarga – daraxt shoxlari, qandillar, stollar va boshqa buyumlarga tegmayotganiga ishonch hosil qiling,
* arg‘amchi aylanayotganida tirsaklar tanaga yopishib turishi kerak,
* arg‘amchini faqat barmoqlar bilan aylantiring.
Комментариев нет:
Отправить комментарий