ASSALOMU ALAYKUM "MALHAMUZ"GA HUSH KELIBSIZ!

пятница, 23 февраля 2018 г.

BOG‘

BOG‘
Bog‘da mevalar sarxil,
Uzging kelar birma-bir.
Olma, o‘rik, shaftoli,
Biri-biridan totli.
Anjir bargi shapaloq,
Mevalari yapaloq.
Bog‘ chetida olmurut,
Marjon to‘kar keksa tut.


Gilosga to‘ydik toza,
Olcha sharbati mazza!
O‘tib bahor, o‘tib yoz,
Quvalashib quvnoq, soz.
Kayfiyatni qilib yuz,
Kirib keldi oltin kuz!
Xazon yerga tushibdi,
Mana nok ham pishibdi.
Bahordan kech kuzgacha,
Bizning chorbog‘ o‘zgacha.
G‘ayloni-yu olxo'ri,
Anor mevaning zo‘ri.
Yong‘oq menga yoqqani,
Keling uni qoqqani.
Tanaga quvvat rosa,
Uzum bu - glukoza!
Bo‘lar shirin, taxiri,
Xurmo pishar oxiri.
“Behi - ko‘p dardga davo,
Barchaga ko‘rgin ravo. ” -
Deydi, opoqdadamlar,
Kasal bo‘lmang odamlar.
Shunday go‘zal bizning bog‘,
Mehmonga kelgin, o‘rtoq.
Kelsang, o‘ynab-kulamiz,
Mevaxo‘rlik qilamiz!

Muhammad AZIZIY‘
Bog‘da mevalar sarxil,
Uzging kelar birma-bir.
Olma, o‘rik, shaftoli,
Biri-biridan totli.
Anjir bargi shapaloq,
Mevalari yapaloq.
Bog‘ chetida olmurut,
Marjon to‘kar keksa tut.
Gilosga to‘ydik toza,
Olcha sharbati mazza!
O‘tib bahor, o‘tib yoz,
Quvalashib quvnoq, soz.
Kayfiyatni qilib yuz,
Kirib keldi oltin kuz!
Xazon yerga tushibdi,
Mana nok ham pishibdi.
Bahordan kech kuzgacha,
Bizning chorbog‘ o‘zgacha.
G‘ayloni-yu olxo'ri,
Anor mevaning zo‘ri.
Yong‘oq menga yoqqani,
Keling uni qoqqani.
Tanaga quvvat rosa,
Uzum bu - glukoza!
Bo‘lar shirin, taxiri,
Xurmo pishar oxiri.
“Behi - ko‘p dardga davo,
Barchaga ko‘rgin ravo. ” -
Deydi, opoqdadamlar,
Kasal bo‘lmang odamlar.
Shunday go‘zal bizning bog‘,
Mehmonga kelgin, o‘rtoq.
Kelsang, o‘ynab-kulamiz,
Mevaxo‘rlik qilamiz!

Muhammad AZIZIY

Комментариев нет:

Отправить комментарий