ASSALOMU ALAYKUM "MALHAMUZ"GA HUSH KELIBSIZ!

воскресенье, 18 ноября 2018 г.

anor

* Anor magniy, kalsiy, kaliy, fosfor, natriy, yod, A, V, S, E vitaminlariga boy bo`lib, organizmning immun tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bir haftada bir marta eyilgan anor immunitetni oshirib borish uchun etarlidir. 

* Tarkibida ko`p miqdorda temir mavjud bo`lib, qondagi gemoglabin miqdorini ko`paytiradi. Kamqonlikni davolashda
ovqatlanishdan 30 daqiqa avval yarim stakan anor suvini ichish foydalidir. Ushbu muolajani ikki oy davom ettirish kerak. 

* Anor mevasi organizmdagi oqsil, yog` va uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi. 

* Angina, faringit, gingivit, stomatit, bronxial astma kasalliklarida davo bo`ladi. Anor tomoq og`rig`ini qoldirib, og`iz bo`shlig`idagi infeksiyalarni o`ldiradi.

* Anorda boshqa mevalarga nisbatan shira kam. Shu sabab parhezdagilar ham uni iste`mol qilishlari mumkin. Masalan, qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlar ovqatlanishdan avval anor sharbatini ichsalar, qondagi qand miqdori kamayadi.

* Radioaktiv nurlarga yaqin joyda yashovchi va shunday sharoitda ishlovchilar anorni ko`p iste`mol qilishlari kerak. Chunki bu meva organizmni zararli nurlardan himoyalab turadi.

* Teringiz yog`li, yuzingizda husnbuzar ko`p bo`lsa, anor donalarini ezg`ilab niqob tayyorlang.

* Anor qon bosimini tushiradi. Choyga qo`shib ichsangiz, asabni tinchlantirib, tungi uyqu me`yoriga keltiradi.

* Anorning nafaqat doni va suvi, balki po`stlog`i ham foydali. U organizmdagi gormonal me`yorni saqlashga turtki bo`lib, ayollarga klimaks mahali yordam beradi. Hayz sikli buzilganida ham anor sharbatini ichib, muammoni hal qilish mumkin.

* Buyrak, quloq, ko`z va ginekologik a`zolar yallig`lanishining oldini oladi. Anor siydik haydovchi vosita bo`lib, ayniqsa, nordoni buyrak va siydik yo`lidagi toshlarni tushirishda yordam beradi.

* Ishtahani ochadi. Ovqat eyishni xohlamaydigan bolalarni anor bilan siylang.

* Tishingiz og`rib qolsa, anor va uning po`stlog`ini asalga aralashtirib, iste`mol qiling.

* Anor sokini qo`shiqchi va notiqlar muntazam ichib yurishsa, ovoz tiniqlashib, yanada jarangdor bo`ladi. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий