ASSALOMU ALAYKUM "MALHAMUZ"GA HUSH KELIBSIZ!

пятница, 12 января 2018 г.

Limonning shifobaxshligi


 Limonning shifobaxshligi
Limon tarkibida limon kislota (7 % gacha), qand (2-3%), vitamin A, B, C, D, fitonsidlar, efir moylari, pektin moddalar, natriy, kaliy kalsiy, fosfor, temir, magniy kabi unsurlar mavjud. Shamollaganda, darmon quriganda, yuqumli xastaliklarda malham bo‘luvchi bu ajoyib mevaning qon bosimini pasaytirish xususiyati bor, qand xastaligida dori sifatida ham ishlatiladi.
Bronxitni davolashda 5 dona piyoz, 7 osh qoshiq asal, bitta limon kerak bo‘ladi. Piyozlarni maydalab
to‘g‘rang yoki mayda qirg‘ichdan o‘tqazing va asal bilan yaxshilab aralashtiring. Keyin limonni go‘shtqiymalagichdan o‘tqazib, aralashmaga qo‘shing. Kuniga 3-4 mahal 2-3 osh qoshiqdan iste’mol qilasiz. Muolaja muddati – 10-14 kun.

Laringitni davolashda kichikroq limonning suvini siqib, 3 osh qoshiq asalga aralashtirasiz va yarim litr qaynagan suvga solasiz. har 3-4 soatda g‘arg‘ara qilib turasiz.

Zotiljam, ya’ni pnevmoniyada 4 bosh sarimsoq qirg‘ichdan o‘tqaziladi, bitta limon go‘shtqiymalagichdan chiqariladi va 8 oshqoshiq asal bilan aralashtiriladi. 7-10 kun davomida ertalablari 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.

Angina boshlanayotganda yarimta limon yeyish foydali. Qolgan yarmini 2-3 soatdan keyin yeyish mumkin. Limoning suvini siqib, mineral suvga 1:1 nisbatda aralashtirib ichish mumkin.

Faringitni davolashda bitta limonning suvini siqib, 5 osh qoshiq asal bilan aralashtirasiz, keyin unga 3 stakan tirnoqgul tindirmasi (nastoyka kalendulы)ni qo‘shasiz. Biror narsaga steril bintni o‘rab, aralashmaga botirasiz va astalik bilan tomoqni artasiz.
Grippning oldini olish uchun ovqatlarga limon va limon sharbatini qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Quyidagi muolaja organizmni vitaminlar bilan to‘yintirib, immunitetni mustahkamlaydi. Buning uchun 2 dona limon, 1 kg dan sabzi va olma, yarim kg bargak, 300 g mayiz va 5 osh qoshiq asal kerak bo‘ladi. Sabzi va olma mayda qirg‘ichdan o‘tkaziladi, bargak mayda to‘g‘raladi, limon go‘shtqiymalagichdan chiqariladi va hammasi asal bilan yaxshilab aralashtiriladi. Gripp epidemiyasida kuniga 3 mahal 1-2 osh qoshiqdan yeb turish lozim.

Dermatitdan qiynalayotgan bo‘lsangiz, ushbu muolajani qo‘llab ko‘ring: yarim litr qaynatilgan iliq suvga yarim choy qoshiq o‘simlik yog‘i va ikkita limonning suvini qo‘shib aralashtirasiz. Dokani ho‘llab, zararlangan sohaga 10 daqiqaga qo‘ying. Keyin quruq paxta bilan artib tashlaysiz.

Gastritda bitta limon suvi 3 osh qoshiq asal va 1 l tirnoqgul tindirmasi bilan aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan yarim soat oldin 2-3 osh qoshiqdan ichiladi.

Yurak-qon tomir kasalliklarida 2 osh qoshiq limon sharbati 4 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq kungaboqar yog‘i bilan aralashtiriladi. Nahorga 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.
Gipertoniya va insultning oldini olish uchun 2 osh qoshiq limon qobig‘i 2 stakan suvda yarim soat past olovda qaynatiladi. 10 daqiqa damlab, suziladi. Kuniga 3 mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

Migrenda 1 osh qoshiqdan limono‘t (melissa) va yalpiz (myata)ni 1 stakan qaynagan suvda yarim soat damlang. Keyin suzib, yarim stakan limon sharbatini qo‘shing. Kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan oldin 3 osh qoshiqdan ichsangiz, yordam beradi. Shuningdek, quyidagi muolajani ham qo‘llash mumkin: yarim stakandan limon va olma sharbatlarini aralashtirib, unga 2 osh qoshiq qaynagan suvda eritilgan 1 osh qoshiq asalni qo‘shasiz. Kuniga 2 mahal, ovqatlanishdan yarim soat keyin 1 stakandan ichasiz.

Aterosklerozda yaritma limon suvi, yarim stakan qaynagan suv va 1 choy qoshiq asalni aralashtirib, kechqurun uxlashdan oldin ichiladi.

Avitaminozda 2 osh qoshiq na’matak 1 stakan suvga solinadi va olovga qo‘yiladi. Qaynab chiqqach, suzib olib 1 stakan limon suvi qo‘shiladi. Kuniga 4 mahal, ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

Xolesistit va virusli gepatitda ikkti limonni mikserda maydalab, 1 kg asal va stakan zaytun yog‘i qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan yarim soat oldin 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.
Aralashma og‘zi berk idishda sovutgichda saqlanadi.

Artritda kuniga 2 marta yarimta limonning suvini siqib, og‘riyotgan bo‘g‘imlarga surting va o‘zi qurimaguncha harakatda bo‘ling.
Limonni tanlash uni qancha saqlashga bog‘liq. Agar uni xarid qilgan kuningizdayoq shifo maqsadida iste’mol qilmoqchi bo‘lsangiz, yetilgan limon xarid qilganingiz ma’qul. Limon yetarlicha qattiq bo‘lmasa, bilingki, pishib o‘tib ketibti. Bunday limonning ichi chirib ketmagan ko‘rinsa-da, ta’mi buzilgan va shifobaxsh xususiyatlariniyo‘qotgan bo‘ladi. Yaxshisi, pishay deb qolgan limonni xarid qiling, uni bir necha oy ham saqlashingiz mumkin. Limon qorong‘i, salqin joyda turishi kerak, masalan sovutgichdan pastki qismida. Shunda uning shifobaxsh xususiyatlari uzoq saqlanadi.

Oshqozon kislotaliligi yuqori bo‘lgan, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga chalingan bemorlar limondan extiyotkor bo‘lib foydalanishlari kerak.

Комментариев нет:

Отправить комментарий