ASSALOMU ALAYKUM "MALHAMUZ"GA HUSH KELIBSIZ!

понедельник, 13 июня 2016 г.

намоз

Namoz...


Qarzlarimiz juda, ko'payib ketdi
Farzlardan xabardor bo'laylik biroz
Bir kecha kunduzda bir soatgina
Bizni intiq kutar besh mahal Namoz.

Uyimizga qancha sarpolar qilib
Ortiqchalik qildi nega joynamoz


Azon aytilganda bemalol kulib
Yursak ham, intizor kutadi Namoz.

Savoblarni sotib olgandek go'yo
Bemalol yurarmiz qaddimiz ham g'oz
Abadiy emasdur axir bu dunyo
Mangulikka dohil bo'ladi Namoz.

Masjidda muazzin chorlasa bizni
Quloqni berkitib olamiz biroz
Vijdon qiynalgandek kamsitib o'zni
Hidoyat so'raymiz, o'qiy deb Namoz.

Esimizda turar kimning qarzi bor
Qachon, qayerlarda kim topar e'zoz
Lekin Iymonning ham shunday farzi bor
Ado qilishimiz xohlaydi Namoz.

Xar xil bahonalar bilan yashaymiz
Qalbdagi insondan chiqmaydi ovoz
Qachongacha ayting Usiz uhlaymiz
Tirikmizki bizni chorlaydi Namoz.

Axir Inson uchun farz qilindiku
Aslida o'zlikdan kechildikmi voz
Biz kimni kimlarga o'xshatib qo'yib
Bemalol yuribmiz o'qimay Namoz.

Qalbim toza deymiz, dilda bor deymiz
Musulmonman dedik barcha jo'rovoz
Amalda bu dunyo, tilda u dunyo
Qachon amalimiz bo'ladi Namoz.

Masjid ham xar Juma ko'rib qoladi
Yodimizga tushar farzimiz oz-moz
Kimdur yig'layverib ko'zi toladi
Vaqti bo'lganida o'qisa Namoz.

Dunyoga kelgandik sinalmoq uchun
Kimlardir soz boldi kimimiz nosoz
Jannatda pok bo'lib yaralmoq uchun
Bizni joynamozda kutadi Namoz.

Vaqt topib g'iybatni qilamiz qoyil
Harom ishlar bilan bo'lamiz shavvoz
O'tib ketdi Do'stim bekor shuncha yil
Kel endi bir safda o'qiymiz Namoz.

Комментариев нет:

Отправить комментарий