Abduqadir Sattarov
Qo`l kaftida aks etuvchi 10 kasallik
Qo`l barmoq suyaklari holati hamda bo`g`im og`riqlari, qo`l terisining quruqlashishi, achishishi, toshma toshishi – bularning barchasi organizmdagi ichki kasalliklardan darak bo`lishi mumkin. Quyida qo`llar holatiga ko`ra salomatlikdagi o`zgarishlar haqida bilib olasiz.
QO`LLAR TITRASA...
Qo`llar titrashining bir qancha sabablari bor. Masalan, ayrim
turdagi dori preparatlarini uzoq muddat qabul qilish qo`llarda titroqni keltirib chiqaradi. Bunday preparatlarga antidepressantlarni kiritish mumkin. Shuningdek, kishi kuchli psixo – emosional holatda bo`lganida ham qo`llarda titroq paydo bo`ladi.
Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, organizmga kofein kelib tushishi me`yordan oshsa, qo`llarda engil titroq kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, bir yoki ikkala qo`lda titroq sezilishi Parkinson kasalligining ilk belgilari bo`lishi mumkin. Ushbu xastalik asab faoliyatida ekstrapiramid tizimi zararlanishi asoratida kelib chiqadi. Qo`llar titrashi parkinsonga taxmin qilinganida nevrolog ko`rigi tavsiya etiladi.
BUYRAK KASALLANGAN BO`LSA...
Bu haqida tirnoq plastinkasi rangining o`zgarishiga qarab bilib olish mumkin. Agar tirnoq yuzasi hech bir tashqi ta`sirlarsiz (tirnoq sinishi, jarohatlar) qorayib borsa, buyraklarni tekshirish kerak. Odatda, buyragi xasta kishilarda tirnoq plastinkasining tabiiy rangi o`zgaradi. Shuningdek, tirnoq yuzasida vertikal, yaqqol ko`zga tashlanuvchi chiziq ko`rinib qolsa, tibbiy ko`rik maqsadga muvofiq. Ushbu holat melanoma alomati bo`lishi mumkin.
Bundan tashqari tirnoq rangining o`zgarishi zamburug` kasalliklarida ham kuzatiladi.
YuRAGINGIZ OG`RIMAYDIMI?
Chap ko`krak qafasida boshlangan og`riq, chap qo`lga tarqalsa va qo`l barmoqlari zirqirab og`risa, yuragingizni tekshirtiring! Bu yurak qon – tomir kasalliklarining keng tarqalgan belgilaridan biridir.
Shuningdek, qo`l berib ko`rishgan mahali bilak kuchiga baho berish orqali ham yurak holatini bilish mumkin ekan. Aytilishicha, yuragi baquvvat odamning bilak kuchi ham shunga mos bo`ladi. Aksincha, yurak kasalliklari xavfi mavjud bo`lganida bilak kuchi u qadar sezilmaydi.
GIPERTONIYa XAVFI
Arterial qon bosimining oshishiga moyillikni qo`l barmoqlari yostiqchasiga ko`ra aniqlash mumkin. Ya`ni, barmoq yostiqchalari chiziqlari jimjimali bo`lsa, kishida gipertoniyaga moyillik mavjud bo`lishi mumkin ekan. Gap shundaki, barmoq izi, homiladorlikning ma`lum davrida yuzaga keladi. Va ayni jarayon qon bosimiga ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan bir qancha omillar ishtirokida amalga oshadi.
KAMQONLIK BELGISI
Ko`z pastki qovog`i shilliq qavati qon tomirlariga boy «joy» hisoblanadi. Anemiyada ana shu soha ocharadi. Yuz va qo`l terisi rangpar tusga kiradi. Tirnoq plastinkasi sinuvchan bo`lib qoladi. Bundan tashqari qo`l va oyoqlar tez – tez uvishadi. Ushbu alomatlar qonda gemoglobin miqdorini aniqlash uchun etarli asosdir.
Shuningdek ...
Qo`l (oyoqlarda ham) barmoq uchining doim muzlab qolishi – qon aylanishi tizimining buzilishi hamda ateroskleroz xavfidan darak beradi.
Podagra va revmatizmda qo`l barmoqlari ishib qoladi, shakli o`zgarishi mumkin.
Kuchli stress, depressiya alomati – bu qo`l terisining yaqqol ocharib qolishidir.
Qo`l barmoqlarining terlashi ichki kasalliklar, shuningdek, yurak qon – tomir xastaliklariga ishora qilishi mumkin.
Qo`l terisining quruqlashishi, ko`pincha, vitamin tanqisligi, etarlicha suyuqlik qabul qilmaslik va noto`g`ri ovqatlanish oqibatida kelib chiqadi.
Yaqinlarizga xam ulashing
Sogligingiz uchun sevimli kanal .Sizlar bilan doim kanalga ulanish uchun linkni bosing 👇👇👇
www.malhamuz.blogspot.com👉🏻🌐 Сайт: www.malhamuz.blogspot.com
📩 Почта: malham53@gmail.com
☎️ Телефон: +998999063366
📲 Telegram: 🥀🕊 https://t.me/malhamuz ёки💕@malhamuz

Комментариев нет:
Отправить комментарий