ASSALOMU ALAYKUM "MALHAMUZ"GA HUSH KELIBSIZ!

суббота, 28 января 2017 г.

Хуршидабону


VIDO

Topolmassan, sening mulkingga bosmam izlarim hatto,
Qocholmassan, etar ta'qib tutash yulduzlarim hatto.

Ocholmassan, arosat ixtiyoring, xohishing qolgay,
Burar bo'lsam tilak-orzularingdan yuzlarim, hatto.


Ayog'im ostida yotmish necha yillar yuraklar xor,
Alarga bir qiyo boqmay kelar-ku ko'zlarim hatto.

Magar tutgan esam mehrim bilib qo'y bu omonatdir,
Sadoqat bog'ida ochgay gulin nargizlarim, hatto.

G'urur qoshida kechgayman kerak bo'lsa shirin jondan,
Vale qadrim qilolmas yer samoviy hislarim hatto!

XURSHIDA. 2017-yil, 27- yanvar

Комментариев нет:

Отправить комментарий