ASSALOMU ALAYKUM "MALHAMUZ"GA HUSH KELIBSIZ!

понедельник, 19 декабря 2016 г.

XURSHIDABONU

XURSHIDABONU

SOG'INCH
O'zim Toshkandaman, ko'nglim Andadir,
Dard bor ulug' - sog'inch degan tanda bir!..
Kunduz kulgu, tunda uyqu kandadir,
Netay, azmu ixtiyorim sandadir!..

Qo'lim har ishda-yu ko'nglim sirishkda,
Hujrai g'amdaman, ag'yor-chi ko'shkda!..
Manimdek bir jafokash bormi ishqda -
Sensiz giryon qalbim parokandadir.



Tegram to'la do'stu yorlar - vafodor,
E'tiborim kutar yillab umidvor,
Netay, jonim Anjoningga xaridor,
Jismim Toshkanda-yu, jonim Andadir!..




Комментариев нет:

Отправить комментарий