ASSALOMU ALAYKUM "MALHAMUZ"GA HUSH KELIBSIZ!

вторник, 24 мая 2016 г.

хар бир ойнинг....

Har bir oyning o'z ma'nosi bor


Yanvar — Ma'bud Yunus sharafiga «yanvar ius „deb atalgan. Rimliklarning e'tiqodicha, 2 yuzli Yunus har bir narsaning boshi va oxirgisining homiysi bo'lgan.

Fevral — Lotincha “februarius» so'zi tozalanish, poklanish ma'nosini bildiradi.

Mart — Bu oy dehqonlar va chorvadorlar homiysi Mars sharafiga atalgan «martius » so'zidan olingan.

Aprel — «Apfire» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'z in'omlarini namoyon qiluvchi degan ma'noni bildiradi.



May — Ma'buda Mayya «mayus» ismidan olingan go'zallik, shod-xurramlik oyi hisoblanadi.

Iyun — Yupiterning xotini — ma'buda Yunona sharafiga qo'yilgan. Afsonalarga ko'ra Yunona ayollar homiysi, er-xotin qo'sha-qarishi, uvali-juvali bo'lishlarining tarafdori.

Iyul — Rim arbobi va lashkarboshchisi Yuliy Sezar sharafiga shunday atalgan.

Avgust — Rim imperatori Oktavian Avgust sharafiga qo'yilgan.

Sentabr — Qadimda rimliklarning 10 oylik taqvimida 7-oy bo'lib, lotincha, September (7) so'zidan olingan.

Oktabr — Qadimda rimliklar taqvimida 8-oy lotincha «oktober» (8) degan ma'noni anglatadi.

Noyabr — lotincha «November» (9) so'zidan olingan, qadimgi rimliklar taqvimida 9-oyni anglatadi.

Dekabr — lotincha «dezember» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, 10 degan ma'noni bildiradi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий