HAZRAT NAVOIYGA EHTIROM
Andijonda ham ulug' shoir Alisher Navoiyning tavallud kuni keng nishonlandi. Andijon shahridagi shoir nomi bilan ataluvchi bog'da dastlab uning haykali poyiga gullar qo'yildi. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so'zga chiqib, barchani adabiyot bayrami bilan qutlab, mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan adabiyotga, kitobxonlikga, qadriyatlarimizga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi. Millat quyoshi deb nom olgan betakror shoir Alisher Navoiyning adabiy-ilmiy merosi ulkan ma'naviy xazina ekani, uning hayot va ijod yo'li avlodlar
uchun ibrat maktabi ekani haqida so'z yuritdi.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'linmasi mas'ul kotibi, shoira Xurshidabonu, O'zbekiston xalq shoiri To'lan Nizom, adabiyotshunos Zokirjon Mamajonov, yosh ijodkor E'zoza Obidjonovalar mutafakkir shoirning asarlari abadiyatga daxldorligi, ma'nan yuksalish kaliti ekani haqida gapirdilar. Hazratga bag'ishlangan she'rlar o'qildi.
Andijon davlat universitetida, Andijon davlat tibbiyot institutida, viloyat axborot-kutubxona markazida o'tkazilgan adabiy anjumanlarda, Bobur nomidagi viloyat teatrida, Oltinko'l tumanidagi madaniyat saroyida, Marhamat tumani Boboxuroson qishlogi madaniyat markazida bo'lgan "Nazm va navo" kechalarida ham Navoiy dahosiga yuksak ehtirom ko'rsatildi. Tadbirlarda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, adib Qamchibek Kenja, shoira Zamira Ro'ziyeva, adabiyotshunos olimlar hamda yosh ijodkorlar so'zga chiqdilar. Navoiyxonlik kechalari viloyatning barcha o'quv maskanlarida, mehnat jamoalarida fevral oyi davomida bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo'linmasi.

Комментариев нет:
Отправить комментарий