ASSALOMU ALAYKUM "MALHAMUZ"GA HUSH KELIBSIZ!

вторник, 27 декабря 2016 г.

XURSHIDABONU

SHOIR
Ustoz Erkin Vohidov xotirasiga


Bahonalar o'tmaydi endi,
Fursat ortga qaytmaydi endi,
Yonib baytlar bitmaydi endi,
Shoir ketdi dorilbaqoga.

Yo'qlagani yetmadi fursat,
Murosaga aylandi jur'at,

Bormi shunday shoiring, ko'rsat,
Davr, boqmay soxta dahoga.

Havzi Kavsar bo'yida shoir,
Ravza bog'in kezar, muntazir
Tubo soyasinda ham hazir -
Umidvor yuz tutar saboga...

Avf so'rashga haddimiz yo'qdir,
Qarzimiz ko'p, haqqimiz yo'qdir,
She'r yozamiz, zavqimiz yo'qdir,
Mos kelmaydi savti navoga...

Ulug' armon qoldi yurakda,
Ojiz zabon qoldi tilakda,
Yulduz bo'lib yonar falakda,
ERKIN VOHID ko'chdi samoga...

 2016-yil, 2-iyun.

Комментариев нет:

Отправить комментарий