ASSALOMU ALAYKUM "MALHAMUZ"GA HUSH KELIBSIZ!

среда, 14 декабря 2016 г.

хуршидабону



Ona, sizdan so'rayman uzr,
Koringizga yarolmayapman,
Tinchmisan, deb aylaysiz shukr,
Sog'inganda borolmayapman.
Ona, sezib tursamda umr
Omonat bir ustunligini,
Nogoh qulab ketmoqqa qodir
Va bo'lajak o'tinligini...

Tez-tez sizdan xabar olmoqqa
Bandman deya topolmayman vaqt.
Siz betinim duoimdasiz
Tilab ikki farzandimga baxt.
Oromimni olmoqda deyman,
Tang asabning zo'riqishlari,
Yo'q, Onajon, barchasi bekor,
Bahonadir bu qilmishlarim.
Ona, meni kechirmang aslo,
Sizni sog'intirib u yoqda
Minbarlardan soginch haqida
She'rlar aytsam ming bir bo'yoqda.
Bahonalar ko'pdir izlasang,
Ish topilar, topilar shuhrat,
G'animatdir onang, ko'zing och,
Ertaga boy berilar fursat...


Комментариев нет:

Отправить комментарий