ASSALOMU ALAYKUM "MALHAMUZ"GA HUSH KELIBSIZ!

понедельник, 27 июня 2016 г.

буйрак


Buyrak davosi



 Temirtikan suvi bilan tok kuli aralashmasini nahorda ichib turilsa, buyrakdagi tosh tushadi. Buyrakda bod bo'lsa, tuz bilan kepakni qizdirib, ustidan bosish kerak. Chayonni olovda kuydiring, so'ng kulini iste'mol qilsangiz buyrakdagi tosh tushadi. Zulukni quritib, asalga solib yalansa buyrakdagi toshlarni maydalaydi. Sarimsoqni pishirib turp urug' bilan yesangiz, buyrak toshidan qutilasiz. Yasmig' istemol qilsangiz buyrak toshlarini maydalab, tashqariga
chiqaradi. Quyonni butunlay biron idishda kuydirib, uning kulidan 15 gramma yeb tursangiz buyrakdagi toshlarni tushiradi. Sabzi, sholg'om urug'idan oz-oz olib ichi olingan turpga solasiz. Teshik ogzini turp po'stlogi bilan yopib, chug'da pishiring. So'ng urug'larni yesangiz buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalab chiqaradi. Qora nuxotni pishirib yeb turing, buyrakdagi toshlarni maydalab chiqaradi. Buni xomilador xotinlar yemasin chunki bolani tushiradi. Uzum poyasini kuydirib kulidan ichsangiz buyrak peshob xaltasidagi toshlarni maydalab chiqaradi. 5-6 kun har kun 50-60 gramm shivitni (ukrop) 5-6 daqiqa qaynatasiz. 5-6 kun qaynatmadan ichib, shivitni yeb turasiz. Siydik yo'llaridagi va buyrakdagi toshlardan xalos bo'lishingizga yordam beradi. Xurmo urug'ini suvda qaynatib, suvini ichsangiz, buyrak, siydik yo'lidagi toshlarni maydalab chiqaradi.
давомини  www.malham1uz.blogspot.com да ўқинг

Комментариев нет:

Отправить комментарий